3-apreldan 4-aprelga o‘tar kechasi so‘nggi yuz yil ichidagi eng qisqa Oy tutilishi kuzatilib, Oy besh daqiqa davomida qizg‘ish tusda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
NASA olimlarining hisoblashicha, Oy tutilishi Grinvich vaqti bilan ertalabki soat 9 da (Toshkent vaqti bilan kunduzgi 13 da) boshlanib, 11:57 da (Toshkent vaqti bilan 15:57) da to‘liq bosqichga kiradi va bu atigi besh daqiqa davom etadi.
“Qonli Oy” hodisasini Rossiya Uzoq Sharqi, Sharqiy Sibir, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo, AQSh, Kanada, Meksika va Avstraliya aholisi kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)