Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shaxmatchilarning 1-aprel holatiga ko‘ra yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamon amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2863 ochko) peshqadamlik qilyapti, deb xabar beradi Olamsport.com.
Italiyalik Fabiano Karuana ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Amerikalik Xikaru Nakamura esa uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Rustam Qosimjonov dunyo reytingida 38-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan oy bilan taqqoslaganda, Qosimjonov o‘z o‘rnini bir pog‘onaga pasaytirdi. Ta’kidlash joiz, Qosimjonov fevral oyida o‘tkazilgan Tbilisi Gran-prisidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab mart oyida yetti o‘ringa ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)