Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan Diplomacy jurnali muharriri Limb Jong-Myong O‘zbekistondagi Prezident saylovi jarayoni haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“O‘zbekistonda Prezident saylovi tenglik, ochiqlik va transparentlik asosida o‘tmoqda. Mamlakatingiz saylov qonunchiligi bilan tanishish asnosida uning barcha demokratik talablarga mos ekaniga guvoh bo‘ldim. Bu dunyo hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
Islohotlar izchillik bilan, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Shu bois yurtingizda barcha sohalar yil sayin taraqqiy etib bormoqda”.
Izoh (0)