Amerika–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Bugungi saylovda xalqingiz o‘z kelajagi, mamlakatingizning keyingi taraqqiyoti uchun ovoz bermoqda. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etilayotganiga dunyo hamjamiyati guvoh bo‘lib turibdi. Saylovning demokratik talablar va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos o‘tayotgani buning isbotidir.
O‘zbekiston faol sarmoyaviy siyosat yuritish, raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tufayli qisqa vaqt ichida xomashyoga tayangan iqtisodiyotdan sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga asoslangan, diversifikatsiyalangan iqtisodiyotga o‘tishni ta’minladi”.
Izoh (0)