Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida “Nuriston” yirik savdo markazi ochildi. Uning nomi o‘zi joylashgan shaharcha va biznesni kengaytirish loyihasi doirasida ushbu zamonaviy obyektni bunyod etgan ishlab chiqarish korxonasi sharafiga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda “Telegraf.uz”.
Nuriston aholisini (asosan Tolimarjon IES va Sho‘rtan gazkimyo kompleksi ishchilari va ularning oilalari) yangi savdo markazi oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarining ko‘p turlari, shuningdek xizmatlarning keng ko‘lami va yuqori darajasi bilan xursand etdi.
Supermarketga sarxil mevalar va sabzavotlar bevosita savdo majmui yaqinida joylashgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun muzatgich kamerasidan olib kelinadi. Mazkur 200 tonna sig‘imga ega zamonaviy omborxona ham “Nuriston” ishlab chiqarish korxonasiga tegishli. U o‘tgan yili meva va sabzavotlar teriladigan mavsumda foydalanishga topishirilgan edi.
“Pravda Vostoka” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, savdo majmui yonidan yozgi kafe joy olgan, keyinchalik esa bu yerda kichik mehmonxona qurish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)