Nyu-Yorkning Manxetten mavzesida joylashgan besh qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Natijada kamida 30 kishi jarohat olgan.
Portlash natijasida binoda yong‘in boshlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda binoning bir qismi buzilgani ko‘rinib turadi.
Favqulodda vaziyatlar xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostida yana odamlar qolgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)