“Rossiyani tiyish uchun vositalarning butun boshli to‘plami ishlatilmoqda, bular siyosiy izolyatsiya va iqtisodiy bosimdan tortib, keng ko‘lamli axborot urushi va maxsus xizmatlar asboblarigachadir”, — deya Putin nutqidan iqtibos keltirmoqda “TASS”. Bu haqda Rossiya prezidenti Federal xavfsizlik xizmati kollegiyasida aytib o‘tdi.
Putinning ishonch bilan aytishicha, Rossiya atrofidagi vaziyat qachonki u yon bermasa, egilmasa, balki kuchliroq bo‘lsa, yaxshilanadi.
“NATO tezkorlik bilan javob qilish kuchlarini rivojlantirib, o‘z infratuzilmasini o‘stirmoqda, raketa hujumiga qarshi mudofaaning Yevropa va Osiyo-Tinch okeani segmentini yaratishga urinmoqda”, — dedi davlat rahbari.
“Biroq hech kim mamlakatimizni qo‘rqita va unga bosim o‘tkaza olmagan va olmaydi ham — milliy xavfsizligimizga bo‘lgan barcha ichki va tashqi xavflarga nisbatan bizda doimo mos javob bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Putin.
Izoh (0)