Christie’s kimoshdi savdolari uyi mashhur rassom Pablo Pikasso tomonidan chizilgan “Jazoirlik ayollar” suratinining “O versiyasi” 140 million dollarga sotuvga qo‘yadi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
1955-yilda chizilgan surat 11-may kuni o‘tkazilishi rajalashtirilgan “O‘tmishga nazar” kimoshdi savdosi doirasida sotilishi ko‘zda tutilmoqda. Bungacha surat 1997-yilda Viktor va Salli Gansning shaxsiy kolleksiyasi sotilishi vaqtida 31,9 million dollarga sotilgan. Ganslar asarni 1956-yilda rassomning o‘zidan 212,5 ming dollarga sotib olgan.
Qayd etilishicha, Ejen Delakruaning shu nomdagi suratidan ilhomlangan Pikasso asarning 15 ta versiyasini chizib, ularni A’dan O’gacha bo‘lgan alifbo harflari bilan nomlagan. “O versiyasi” seriyaning yakuniy va eng yaxshi asari hisoblanadi.
Izoh (0)