Xusiylar qo‘shinlarining ba’zi qo‘mondonlari Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlari aviazarbalari natijasida o‘ldirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Qo‘mondonlar Abdul Holiq al Hutiy, Yusuf al Madaniy va Yussel al Fishiyning o‘limi tasdiqlandi.
26-mart, payshanbaga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni shia isyonchilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi, unda yana to‘qqiz davlat qatnashmoqda. Ar-Riyod xusiylarga qarshi 100 ta qiruvchi samolyot va 150 mingta askar jo‘natdi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlari samolyotlari Yamanda isyonchi xusiylar joylashgan nuqtalarga zarbalar bergani hamda Sanada ular nazorati ostidagi aviabazani va bir nechta arsenalni vayron qilgani xabar berilgan edi. Bundan tashqari, havo operatsiyasi chog‘ida Saudiya Arabistoni samolyotlari isyonchilar havo hujumiga qarshi obyektlarining ko‘pchiligini yo‘q qildi.
Izoh (0)