Saudiya Arabistoni Yamandagi isyonchilarga qarshi hujum boshlashi fonida dunyo bo‘yicha neft narxi 3 foizdan oshiqroq o‘sdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” savdo ma’lumotlariga tayanib.
Moskva vaqti bilan 7:08 (Toshkent vaqti bilan 9:08) holatiga Brent markasidagi neftning maydagi fyuchersi 3,17 foizga — bir barrel uchun 58,27 dollargacha oshdi. WTI markasidagi neftning maydagi fyuchersi esa 3,82 foizga — bir barrel uchun 51,09 dollargacha o‘sdi.
26-mart, payshanbaga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni shia isyonchilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi, unda yana to‘qqiz davlat qatnashmoqda. Ar-Riyod xusiylarga qarshi 100 ta qiruvchi samolyot va 150 mingta askar jo‘natdi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlari samolyotlari Yamanda isyonchi xusiylar joylashgan nuqtalarga zarbalar bergani hamda Sanada ular nazorati ostidagi aviabazani va bir nechta arsenalni vayron qilgani xabar berilgan edi. Bundan tashqari, havo operatsiyasi chog‘ida Saudiya Arabistoni samolyotlari isyonchilar havo hujumiga qarshi obyektlarining ko‘pchiligini yo‘q qildi.
Izoh (0)