Isyonchi shialar (“Ansor Alloh” harakati tarafdorlari bo‘lgan xusiylar) 25-mart kuni Yamanda mamlakatdan qochib ketgan prezident Abdu Rabbo Mansur Hodiyni tutib berish evaziga 20 million rial (100 ming dollar) miqdorida mukofot puli berilishini e’lon qildi. Bu haqda xusiylarning Sanadagi muvaqqat ma’muriyatiga tayanib, “Al Manar” telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Yaman isyonchilari kuchlari Adanning sharqiy tumanlari ustidan nazorat o‘rnatdi va shahar ko‘chalarida soqchilik qila boshladi. Shahar mudofaasini boshqargan prezidentning ukasi at Tohiriy, mudofaa vaziri as Subayhiy hibsga olindi.
Eslatib o‘tamiz, Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy Adan shahridagi boshpanasidan noma’lum yo‘nalishga qarab qochdi, bunga shaharga xusiylar yaqinlashayotgani sabab bo‘ldi.
Izoh (0)