Lufthansa aviakompaniyasi o‘zining sho‘basi bo‘lmish Germanwings’ga tegishli bo‘lgan Airbus A320 samolyoti halokatini baxtsiz hodisa deb atadi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
“Bu baxtsiz hodisa. Biz hozricha bundan ortiq hech narsa deyolmaymiz. Qolgan barcha taxminlar ig‘vodir”, − dedi Lufthansa menejeri Xayke Berlenbax. Halokat sabablari haligacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-mart kuni Barselonadan Dyusseldorfga parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti Fransiya janubida, Alp tog‘lari ustida halokatga uchrashi oqibatida layner bortida bo‘lgan 150 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)