23-mart kuni Andijondagi Jahon bozori yaqinida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Portlash natijasida oltita avtomobil zarar ko‘rgani ma’lum qilingan. Portlashga avtomobillardan biridagi nosoz gaz ballon uskunasi sabab bo‘lgan.
Ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)