Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnir yakunlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 60 dan ziyod tennischi ishtirok etgan mazkur musobaqaning yakkalik bahslari finalida O‘zbekistonning iste’dodli tennischilari Jo‘rabek Karimov va Saida’lo Saidkarimov kortga chiqdi.
Unda Jo‘rabek Karimov 5:7, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Izoh (0)