“UZ avtomobilchilar klubi” o‘zining bo‘sh vaqtini retro avtomobillarni restavratsiya qilish va qayta tiklashga bag‘ishlagan odamlarni birlashtirdi, deb xabar bermoqda “MyTashkent.uz”.
Haydovchilar turli yillarda chiqarilgan “Moskvich”, “Pobeda” va “Volga” singari avtomobillarni taqdim etdi. Jumladan, 1947-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-M-20 “Pobeda” avtomobili ham paradda ishtirok etdi. Eksponatlar orasida bosib o‘tgan masofasi juda kam bo‘lgan va xuddi yangidek ko‘rinadigan avtomobillar ham bor edi.
Tadbir nafaqat kattalar, balki yosh avlod vakillarining ham katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Ishtirokchilar oilalari bilan kelib, xohlovchilarga o‘z avtomobillari to‘g‘risida gapirib berishdi.
Izoh (0)