Slovakiyaning AeroMobil kompaniyasi bosh direktori Yuray Vatsulik Ostindagi SXSW konferensiyasida aeromobilning ilk seriyaviy modeli 2017-yildayoq chiqarilishini ma’lum qildi, deb yozadi “Mail.ru”.
Yangi avtomobilning narxi bir necha yuz ming yevrodan kam bo‘lmasligi taxmin etilmoqda. Shuningdek, ushbu innovatsion transport vositasi egasi standart parvoz qilish protsedurasidan o‘tishiga va uchuvchi guvohnomasiga ega bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Aeromobil 3.0 2014-yil 29-oktabr kuni Vena (Avstriya)dagi Pioneers Festival innovatsiyalar festivalida namoyish etilgan edi. Mashinaning tezligi yerda soatiga 160 kilometr, havoda esa 200 kilometrgacha yetishi mumkin. Bir soatda u 15 litr benzin sarf qiladi.
Izoh (0)