Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Spark xetchbekining ilk tizerini chop etdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Byudjetli avtomobilcha o‘tgan yili taqdim etilgan Opel Karl’ga juda o‘xshash.
Mutaxassislar har ikkala avtomobilni solishtirib, xulosa qilishicha, Spark nemis mashinasidan old qismining shakli bilangina farqlanadi, unga Chevrolet Cruse uslubidagi ko‘rinish berilgan. Shuningdek, xetchbekning orqa eshiklari tutqichi avvalgidek yashirin bo‘lib qoladi.
Spark’ning yangi avlodi 3,7 metr uzunlikka ega bo‘ladi. U uch silindrli, bir litr sig‘imga ega quvvati 75 ot kuchiga teng benzinli dvigatel bilan jihozlangan.
Izoh (0)