KIA kompaniyasi Jenevadagi avtosalonda elektr uzatmali yangi avlod K-velo velosipedini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “3dnews.ru”.
K-velo prototipi Bosch tomonidan chiqarilgan elektr uzatma bilan jihozlangan, u orqa g‘ildirakni aylantirib harakatga keltiradi, biroq an’anaviy usulda — pedallarni aylantirish orqali ham harakatlanish mumkin.
Velosiped shahar (City) va tog‘ (MTB) versiyalarida loyihalashtirilgan. Ikkala modifikatsiyada ham 250 Vt quvvatiga ega elektr dvigatel qo‘llanilgan, u orqali tezlik soatiga 25 kilometrgacha yetishi mumkin.
Velosipedlar narxlari va sotuvga chiqish muddatlari haqida xabar berilmayapti.
Izoh (0)