Aktrisa va xonanda Layza Minelli AQShning Kaliforniya shtatidagi Malibu klinikasiga alkogolga qaramlikdan davolanish uchun yotdi, deya xabar bermoqda TMZ.
Minelli klinikada bir necha kundan buyon bo‘lib, o‘z vakili so‘zlariga ko‘ra, ancha yaxshi samaralarga erishmoqda.
Aktrisa avvallari ham ko‘p bora reabilitatsiya klinikalari xizmatlaridan foydalangan. U alkogol va dori vositalari suiiste’molidan qutulish uchun shifokorlarga murojaat qilgan. Minellining dorilarga qaram bo‘lib qolishini onasi Judi Garland 1969-yilda vafot etgach, unga tinchlantiruvchi Valium preparatini yozib berishgani sabab qilib keltirilmoqda.
Izoh (0)