Gollivud aktrisasi Sheron Stoun o‘zining 57-tug‘ilgan kunini noodatiy nishonladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Do‘stlari va oilasi bilan restoranda o‘tirish o‘rniga, aktrisa Kosta-Rikaga jo‘nab ketdi.
U yerda Stoun o‘z mehmonlari bilan otda sayr qildi, so‘ng daryoda suzdi.
Tavallud ayyomidan bir necha kun avvalroq bergan intervyusida esa aktrisa plastik operatsiyalar orqali yosh ko‘rinishga ega bo‘lish niyati yo‘qligini ta’kidladi. U keksayishga qarshi emasligini, biroq shu bilan birga u yaxshi parvarishlangan va go‘zal ko‘rinishda bo‘lishni istashini aytdi.
“Men ‘hech qarimaydigan go‘zal ayol’ bo‘lishni xohlamayman. Aksincha — men keksayadigan, ammo o‘z tengdoshlariga nisbatan ancha yaxshi ko‘rinadigan ayol bo‘lishni istayman”, — dedi Stoun.
Izoh (0)