eBay auksionida amerikalik pop-qo‘shiqchilar konsertlaridan olingan havo sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Amerikalik reper Kanye Uest konsertiga tushgan muxlis 60 ming dollar evaziga “yulduzli” kislorod bilan bo‘lishishga tayyorligini bildirdi.
Sotuvchining ishontirishicha, u konsertda sahnaning oldigacha borib, nafaqat u yerdagi havoni, balki reperning peshonasidan tomgan bir tomchi terni ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bularning barchasini u plastik paketga “solib”, dastlab besh dollarga pullamoqchi bo‘lgan.
Ishqibozlar o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgach, lot bir necha kun ichida 60 ming dollargacha qimmatlashgan. Biroq savdolashish oxiriga yetmay, havo sotuvdan olib tashlandi, uning keyingi taqdiri hozircha noma’lum.
Izoh (0)