AQSh Milliy Xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden maxsus xizmatlar har bir kishini veb-kameralar orqali kuzatishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Hi-tech.Mail.ru”.
“Odamlarning yotoqxonalarini veb-kameralar orqali kuzatadigan agentliklar bor. Ular har kuni mobil telefonning joylashgan o‘rni haqida milliardlab yozuvlarni to‘playdi. Ularga siz qayerda avtobusga o‘tirganingiz, qayerga ishga borganingiz, qayerda uxlaganinigiz va yoningizda yana qaysi mobil telefon yotgani ham ma’lum”, − dedi Snouden.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlarni ko‘ruvchilar aslida jinoyatchilarni izlaydi. Biroq, hattoki siz dunyodagi eng aybsiz odam bo‘lsangiz ham, miyasi jinoiy faoliyat izlarini qidirishga dasturlashtirilgan kishi sizning shaxsingizda o‘zingizni emas, jinoyatchini topib beradi.
Izoh (0)