Qirg‘iziston har million kishiga to‘g‘ri keladigan oliy o‘quv yurtlari soni bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi. Bu haqda mamlakat Hisob palatasi auditori O‘ktamxon Abdullayeva ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
“Qirg‘izistonda 55 ta oliy o‘quv yurti bor, ulardan 34 tasi davlatga qarashli, 21 tasi xususiy. Taqqoslash uchun, Qirg‘izistonda 1 million aholiga 28 ta, Buyuk Britaniyada 2 ta, Sharqiy Yevropada 6 ta, Osiyoda 6 ta, Rossiyada 6 ta, Qozog‘istonda 10 ta to‘g‘ri keladi. Qirg‘iziston OTMlari aholining katta qismini qamrab oladi, biroq sifat borasida yaxshi fikrlar aytish mushkul”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Ta’lim vazirligi OTMlarga litsenziya beryapti, lekin OTMlar o‘qituvchilar tarkibining 35 foizi ilmiy darajaga ega bo‘lishi lozimligi bo‘yicha talabni bajarmaydi.
Izoh (0)