2014-yil 29-iyun kuni AQShning Michigan shtatidagi Livoniya shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda 44 yoshli hakam Jon Benevitsni qizil kartochka ko‘rsatgani uchun urib o‘ldirgan 37 yoshli Bassel Saad 15 yilni qamoqda o‘tkazadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Asli kasbi avtomexanik bo‘lgan Saad havaskor jamoada to‘p surgan. U o‘ylamay qilingan qotillikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, biroq 8 yildan keyin shartli ravishda muddatidan oldin ozod etilib, AQShdan chiqarib yuborilishi mumkin.
Sud zalida ko‘rsatma berish chog‘ida hakamning rafiqasi Saadga qizil kartochka ko‘rsatgan, biroq ayblanuvchi buni ko‘rmagan. Qayd etilishicha, fevral oyida u aybini tan olgan va unga marhumning dafn xarajatlarini qoplash uchun 9200 dollar to‘lash majburiyati yuklangan.
Izoh (0)