Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Baraka Obamadan xatosini tuzatishini talab qilish uchun Vashingtonga borishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: AFP

Foto: AFP

“Biz dunyodagi barcha diplomatik kanallar orqali prezident Obama xatosini tuzatishini va Venesuela AQSh uchun tahdid deb e’lon qilingan axloqsiz buyrug‘ini bekor qilishini talab qilamiz”, − dedi Maduro.

Kitob yarmarkasida chiqish qilgan Maduro Venesuela Vashingtonda ushbu masalaga bag‘ishlangan tadbir tayyorlayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u AQSh hukumatiga qo‘pol xato qilayotganini aytish uchun Vashingtonga borishga tayyorligini ta’kidladi.