Iroq g‘arbidagi Anbar provinsiyasida xalqaro koalitsiya harbiy havo kuchlarining samolyoti o‘qqa tutishi oqibatida kamida 22 nafar iroqlik harbiy halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Koalitsiya samolyoti Iroq armiyasining Ramadi shahri yaqinidagi shtab-kvartirasini o‘qqa tutgan. Ittifoqchi kuchlarning vakili ularning samolyoti ushbu hududga hujum uyushtirganini tan olgan, biroq uning mo‘ljali jangarilarning pozitsiyalari bo‘lganini qayd etgan.
“Bu ittifoqchilar orasida hech qanday qurbonlarga sabab bo‘lmadi”, − dedi koalitsiya kuchlari vakili.
Izoh (0)