“Vikipediya” onlayn-ensiklopediyasini boshqaruvchi Wikimedia Foundation jamg‘armasi internet-yozishmalarni kuzatuvchi dastur yuzasidan AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va mamlakat adliya vazirligini sudga berdi, deb yozadi Meduza.
Wikimedia ta’kidlashicha, yozishmalar ustidan ommaviy kuzatuv olib borish fuqarolarning maxfiy yozishuv bo‘yicha huquqlarini buzadi.
MXA kuzatuv faqat chet el fuqarolari yozishmalari ustidan olib borilishi va tashqi razvedka bo‘yicha xorijiy xizmatlar faoliyatini nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun tomonidan tartibga solinishini aytgan holda, kuzatuvning qonuniyligini ta’kidladi.
Biroq Wikimedia aslida yozishmalarni kuzatish dasturi AQShda yashovchi kishilarning ham xabarlarini qamrab olgani, bu esa AQSh qonunchiligi va konstitutsiyasiga zid ekanligini qayd etdi.
Izoh (0)