Hindiston shimoli-sharqidagi Mexgalaya shtatida qurollangan jangarilar hujumi oqibatida to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Politsiya otryadiga hujumni taqiqlangan “Garo milliy ozodlik armiyasi” guruhining 30 nafar jangarisi uyushtirgani taxmin qilinmoqda. Otishma vaqtida to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘lib, kamida ikki nafari jarohat olgan.
Jangarilar Garo janubiy tog‘laridagi o‘rmonlarda qamal uyushtirgan. Avvalroq Hindiston Harbiy havo kuchlari politsiyachilarni vertolytolarda evakuatsiya qilgan. Hodisa hududida qidiruv ishlari boshlangan.
Izoh (0)