KXDR “AQShning qurolli hujumi ehtimoli yuqori bo‘lgani uchun” bundan buyon ham harbiy salohiyatini oshirishda davom etadi. Bu haqda “Nodon sinmun” gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Gazeta ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yirik ko‘lamdagi Amerika-Janubiy Koreya manyovrlarining xavfli xususiyatiga urg‘u berdi. Ular “faqat KXDRga qarshi qaratilgan”ligi haqida ogohlantirdi.
Nashrning ta’kidlashicha, “KXDR va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni tinch yo‘l bilan tartibga solish imkoniyatlari butunlay tugab bo‘lgan” va “ikki mamlakat orasida qurolli nizo muqarrar”.
Izoh (0)