AQShning Delta aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotining Nyu-Yorkdagi La Guardia aeroportiga avariyali qo‘nishi oqibatida kamida 24 kishiga zarar yetdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Bortida 127 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan McDonnell Douglas MD-88 layneri Nyu-Yorkga Atlantadan uchib kelgan edi. Qo‘nish chog‘ida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va burun qismi bilan yerga urilgan, keyin aeroportni dengiz ko‘rfazidan ajratib turgan devor bilan to‘qnashgan.
Jabrlanganlarning ko‘pchiligi kichik jarohatlar olgan, uch kishi shifoxonaga olib borilgan. Halokat sababi aeroportda yoqqan qalin qor ekanligi taxmin qilinmoqda. Aeroport vaqtinchalik yopilib, reyslar Nyu-Yorkka xizmat ko‘rsatuvchi boshqa aeroportlarga yo‘naltirilmoqda.
Izoh (0)