Rossiya neft narxi tushib ketishi natijasida chuqur iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda, deb yozadi “1stvc.net”.
Birinchilardan bo‘lib “Lukoyl” kompaniyasi zarar ko‘rdi. Kompaniya yirik aksiyadori Leonid Fedun fikricha, Rossiyada yaqin ikki yil ichida neft qazib olish hajmining ko‘payishi amri mahol. Aksincha, 2016-yil oxirigacha qora oltinni qazib olish 8 foizga, Sibirda esa 15—20 foizga qisqaradi.
Kompaniya sof daromadi deyarli 40 foizga tushib ketdi. Bu orada “Lukoyl” o‘zining Uxtadagi zavodi yopilishini e’lon qilib bo‘ldi.
Izoh (0)