O‘zbekiston klublari Osiyo chempionlar ligasining 2-turini birorta g‘alabasiz yakunladi. Navbatdagi jamoamizga Saudiyadan nafaqat g‘alaba bilan qaytish, balki durang o‘ynash ham nasib etmadi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Safarda kuchli raqibga qarshi o‘yinni inobatga olib, Ro‘ziqul Berdiyev himoyaviy taktika tanladi. Shunga qaramay, “Nasaf”ning himoyasi va darvozaboniga nisbatan “Al-Ahli”ning hujumchilari kuchliroq chiqishdi.Birinchi bo‘limning 22-daqiqasida chap qanotdan berilgan uzatmani Umar as-Soma bosh bilan qarshiliklar darvozasini ishg‘ol qildi.
Butun o‘yin davomida ar-riyodliklar ustunlikka erishishdi. “Nasaf”ning hujumdagi ishlari ko‘p ham qovushmadi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yinning 65-daqiqasida “ajdarlar” jarima zarbasidan juda unumli foydalanishdi. Gevorkyan ajoyib zarba bilan davrozaning “to‘qqizligi”ga to‘pni “mixlab” qo‘ydi.
Afsuski, darvozabonning qo‘pol xatosi tufayli “Al-Ahli” yana hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safar o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga chiqishda Eldor Suyunov xatoga yo‘l qo‘ydi. Undan o‘tib ketgan to‘pni Solih Muhammad bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida “Nasaf” yana “standart” tufayli mag‘lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi. Raqib jarima maydonchasining o‘ng qanotida uzatma amalga oshirilayotganida to‘p himoyachining qo‘liga tekkani uchun jarima zarbasi belgilandi. Gevorkyan to‘pni yerlatib 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi va Hamza Karimov to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p esa shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.
OChL, 2-tur. “D” guruhi
“Al Ahli” − “Nasaf” 2:1 (1:0)
Gollar: Umar as-Soma (22), Solih Muhammad (78) — Artur Gevorkyan (65)
Ogohlantirishlar: Zakariyo as-Sudaniy (42), Volid Bakshvin (90+2)
“Al-Ahli”: 22.Abdulloh al-Muayyuf, 3.Usama Havsaviy, 4.Volid Bakshvin, 9.Umar as-Soma, 11.Hussayn al-Moqahviy, 13.Muhammad Abdulshafiy, 17.Osvaldo Lorenso Filo, 21.Oqil al-Sahobiy, 24.Salmon Muvashar, 25.Mutaz Havsaviy, 29.Zakariyo as-Sudaniy
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom Shomurodov, 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullayev, 23.Sherzod A’zamov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 32.Hamza Karimov, 33.Odiljon Hamrobekov, 34.Farrux Sayfiyev
Bosh hakam: Strebne Delovski (Avstraliya)
Izoh (0)