Mart oyining ilk kunlarida 50 dan ortiq davlatdan 4000 ga yaqin juftlik Janubiy Koreyaning Kapxyon uyezdida ommaviy nikoh marosimida qatnashish uchun yig‘ildi. Bu marosimni “Birlashish cherkovi” diniy harakati asoschisining bevasi Xakch Xan Mun tashkillashtirdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.
Koreyada oilaviy juftlikka aylangan yoshlarning ba’zilari nikohdan bor-yo‘g‘i bir necha kun oldin tanishgan.
Marosimdan avval ishtirokchilar bokira ekanliklarini tasdiqlatishi va nikohdan keyingi 40 kun ichida o‘z juftlari bilan aloqadan tiyilishga qasamyod qilishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, “Birlashish cherkovi” diniy harakatiga 2012-yil 92 yoshida hayotdan ko‘z yumgan koreyalik din arbobi Mun Son Myon asos solgan. Cherkovga ergashuvchilar ishtirokidagi bunday marosimlar Seulda o‘tgan asrning 60-yillarida birinchi marotaba o‘tkazilgan hamda yillar davomida bu marosimlarning miqyosi kengayib, unda o‘n minglab ishtirokchilar qatnashgan.
Izoh (0)