Amerikalik paleontologlar tomonidan Efiopiyada topilgan pastki chag‘ suyagi qoldiqlari bundan 2,8 million yil oldin yashagan odamga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qoldiqlar aslida 2013-yilda Avash qo‘riqxonasidagi Ledi-Geraru hududidan topilgan. Topilgan chap pastki jag‘da beshta tish ham bo‘lgan. Qoldiqlarning yoshini aniqlash ancha qiyinchilik tug‘dirgan. Anatomik tahlildan keyingina olimlar yuqoridagi xulosani chiqargan.
Ushbu toshqotma odam qoldiqlariga oid eng qadimgi topilmalardan biri hisoblanadi.
Izoh (0)