Hindiston prezidenti Panab Mukerji mamlakatning moliyaviy poytaxti Mumbai joylashgan Maxarashtra shtatida mol go‘shti iste’moliga qo‘yilgan taqiqni tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Vesti Ekonomika”.
Taqiqni buzuvchilar besh yilgacha qamalishi mumkin. Shtat parlamenti ushbu qonun loyihasini 20 yil avval qabul qilgan bo‘lsa-da, u kuchga kirishi uchun Hindiston prezidenti tomonidan tasdiqlanishi lozim edi.
Qayd etilishicha, Hindiston aholisining katta qismi hinduiylik diniga e’tiqod qiladi va ular uchun sigir muqaddas hayvon hisoblanadi. Mol go‘shti iste’moli shu paytgacha qonun emas, faqat diniy aqida hisoblanar edi. Maxarashtra shtati hokimiyati tepasida turgan Hindiston xalq partiyasi ushbu taqiqni butun mamlakatga tarqatishni maqsad qilgan.
Izoh (0)