Tayvan investitsiya nazorat xizmati Xitoyning Alibaba onlayn supermarketining faoliyatida qoidabuzaliklarni aniqlab, avgust oyi oxirigacha mahalliy bozordan chiqib ketishni talab qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Gap shundaki, Alibaba’ning Tayvanda 2008-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘linmasi Xitoy emas, balki Singapur kompaniyasining sho‘basi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bu Tayvan investitsiya qoidalariga ziddir.
Tayvan va Xitoy o‘rtasidagi murakkab munosabatlar tufayli orolda Xitoy kompaniyalari investitsiya kiritishi uchun maxsus komissiyadan ruxsat olishi lozim. Singapur kompaniyasining bo‘limi sifatida ro‘yxatdan o‘tish esa Alibaba’ga bu talabni chetlab o‘tish imkonini bergan.
Izoh (0)