AQSh prezidenti Barak Obama fikricha, yakuniy kelishuvga erishish mumkin bo‘lishi uchun Eron o‘z yadro dasturini kamida 10 yil muddatga muzlatib qo‘yishi kerak. Bu haqda Amerika yetakchisi Reuters’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Obama bu shartni AQSh Eron tomonidan atom quroli yaratilishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa choralarni qo‘llamasligi garovi sifatida keltirdi. Shu bilan birga, prezident kongressni yadro dasturidan tiyilish bo‘yicha muzokaralar borayotgan vaqtda Eronga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritmaslikka chaqirdi. Obamaning fikricha, senatorlarning aralashuvi barcha diplomatik muvaffaqiyatlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.