Amerikaning DMSP-F13 harbiy yo‘ldoshi orbitada portlab ketdi, deya xabar bermoqda “AiF” Sky News’ga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda hodisa 3-fevraldayoq sodir bo‘lgan, biroq harbiylar ushbu axborotni 2-mart kuni rasman tasdiqlagan.
Harbiy havo kuchlari vakillari so‘zlariga ko‘ra, portlashga haroratning keskin ko‘tarilib ketishi sabab bo‘lgan. Natijada yo‘ldosh boshqaruvni yo‘qotgan va portlagan.
DMSP-F13 2006-yildan eskirgan hisoblanadi, o‘sha yildan uni zaxiraga o‘tkazishgan. Yo‘ldosh AQShning Harbiy meteorologik yo‘ldosh dasturi tizimiga kiradi. Ayni paytda dastur doirasida orbitada ishga yaroqli oltita obyekt mavjud