Xitoy Xalq Respublikasida internet-foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarining kiritilishini tartibga solish va Internetdagi axborot ustidan yanada qat’iy nazorat o‘rnatishning yangi qoidalari kuchga kirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Akkauntlarning o‘nta qoidasi” Xitoyda 4-fevraldayoq e’lon qilingan edi. Ular 1-martdan internetda chet davlatlar yetakchilari, taniqli kishilar ismlari va boshqa soxta ismlardan iborat nikneymlardan foydalanishni taqiqlaydi. Shu tariqa, shu kundan e’tiboran, xitoylik foydalanuvchilar internet-servislarda haqiqiy ismlarini ko‘rsatishi kerak.
Yangi qoidalar shuningdek avatarlarni qo‘llash hamda davlat va jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotdan foydalanishni man etadi.
Izoh (0)