Forbes runetning eng qimmat kompaniyalari reytingini tuzdi. Nashr versiyasiga ko‘ra, “Yandeks” 5,2 milliard dollarlik qiymat bilan Rossiyadagi eng qimmat internet-kompaniya bo‘ldi.
Undan keyingi o‘rinlarni Mail.ru Group (3,3 milliard dollar) va “Yulmart” internet-reteyleri (1,4 milliard dollar) egalladi.
Reytingni “Sitilink” texnika internet-do‘koni (990 million dollar), Avito e’lonlar sayti (830 million dollar), Ozon internet-do‘koni (694 million dollar), Wildberries kiyim-kechak sotish bo‘yicha sayti (665 million dollar), Exist avtomobil zaxira qismlari savdosi bo‘yicha sayt (650 million dollar), “Xolodilnik.ru” onlayn-do‘koni (380 million dollar), “Yutinet” kompaniyalar guruhi (300 million dollar) davom ettirdi.
Izoh (0)