ZTE fabletlari safi Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlovchi o‘rtacha darajadagi Q7-C modeli bilan kengaydi, deya xabar bermoqda “3dnews.ru”.
Yangi qurilmada Qualcomm Snapdragon 615 protsessori qo‘llanildi, ushbu 64 bitli protsessor ARM Cortex A53 arxitekturasiga ega sakkizta yadrodan iborat.
Fablet 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+microSD), 5,5 dyuymli va 1280×720 pikselli ekran, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. Akkumulyator batareyasi sig‘imi 3000 mA/s ga teng.
Izoh (0)