Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida yakuniga yetib borayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichida 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada 2004-yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov bu turda ham durang o‘ynadi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Qosimjonov kecha, 26-fevral kuni o‘tkazilgan 10-turda oq donalarda ekanligiga qaramay, gruziyalik Baadur Jobava bilan durang o‘ynadi. Tomonlar 33-yurishdan so‘ng murosaga keldi. Ushbu durangdan so‘ng Rustam Qosimjonov 5 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

FIDE Gran-prisi

3-bosqich, 10-tur natijalari:

  • Teymur Rajabov (Ozarbayjon) – Anish Giri (Gollandiya): 0,5:0,5
  • Lener Dominges (Kuba) – Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon): 0,5:0,5
  • Petr Svidler (Rossiya) – Aleksandr Grishchuk (Rossiya): 0,5:0,5
  • Maksim Vashye-Lagrav (Fransiya) – Dmitriy Yakovenko (Rossiya): 0,5:0,5
  • Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) – Baadur Jobava (Gruziya): 0,5:0,5
  • Dmitriy Andreykin (Rossiya) – Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) – 0,5:0,5
Turnir jadvalidagi holat:
  • Tomashevskiy – 7,5;
  • Yakovenko – 6;
  • Rajabov – 5,5;
  • Mamadiyarov, Qosimjonov, Dominges, Giri – 5;
  • Grishchuk, Vashye-Lagrav, Jobava – 4,5;
  • Svidler – 4;
  • Andreykin – 3,5.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi