Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida yakuniga yetib borayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichida 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada 2004-yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov bu turda ham durang o‘ynadi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Qosimjonov kecha, 26-fevral kuni o‘tkazilgan 10-turda oq donalarda ekanligiga qaramay, gruziyalik Baadur Jobava bilan durang o‘ynadi. Tomonlar 33-yurishdan so‘ng murosaga keldi. Ushbu durangdan so‘ng Rustam Qosimjonov 5 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
FIDE Gran-prisi
3-bosqich, 10-tur natijalari:
- Teymur Rajabov (Ozarbayjon) – Anish Giri (Gollandiya): 0,5:0,5
- Lener Dominges (Kuba) – Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon): 0,5:0,5
- Petr Svidler (Rossiya) – Aleksandr Grishchuk (Rossiya): 0,5:0,5
- Maksim Vashye-Lagrav (Fransiya) – Dmitriy Yakovenko (Rossiya): 0,5:0,5
- Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) – Baadur Jobava (Gruziya): 0,5:0,5
- Dmitriy Andreykin (Rossiya) – Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) – 0,5:0,5
- Tomashevskiy – 7,5;
- Yakovenko – 6;
- Rajabov – 5,5;
- Mamadiyarov, Qosimjonov, Dominges, Giri – 5;
- Grishchuk, Vashye-Lagrav, Jobava – 4,5;
- Svidler – 4;
- Andreykin – 3,5.
Izoh (0)