Madagaskar poytaxti Antananarivu shahrida yuz bergan suv toshqini oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Antananarivu atrofidan oquvchi Ikopa, Sisaoni va Mamba daryolari tinimsiz yoqqan yomg‘irlar oqibatida bir nechta to‘g‘onlarni buzib, shaharning pastlikdagi mavzelari va yaqin atrofdagi sholizorlarga chiqib ketgan. Kamida 50 ta uy buzilib, shaharda elektr ta’minoti uzilishi yuzaga kelgan.
Shahar rahbariyati aholini ommaviy ravishda evakuatsiya qilishga kirishgan. Barcha jamoat muassasalaridan aholini qabul qilsih so‘ralgan.
Izoh (0)