Toshkentda 13 mingdan ortiq avtomobilga mo‘ljallangan 86 ta pulli avtoturargoh sinov tariqasida ishga tushirilishi xabar berilgandi.
5-may kuni ushbu loyiha tashabbuskorlari bundan ko‘zlangan maqsad, “parkovka”larni kuzatish imkonini beruvchi ilova qachon ishga tushirilishi va avtoturargohlarning narxlari borasidagi savollarga javob qaytarishdi.
-UVpPVvRg.avif)
“Parkovka”lar nima uchun kerak degan savolga javob bermoqchiman. Hozirda ko‘chalarda tartibsiz va to‘g‘ri qo‘llanilmagan “parkovka” sababli tirbandlik, piyodalar yo‘laklarining band bo‘lishi va shahar markazida ekologik muammolar yuzaga kelmoqda, — deydi “Streetpark Systems” kompaniyasi direktori Qudratbek Yakubov.
-_--Q8gIM.avif)
"Bolajon" nomli madaniyat va dam olish bog‘ida tashkil etilgan matbuot anjumanida taʼkidlanishicha, loyiha doirasida shaharning 86 ta ko‘chasini qamrab oluvchi jami 13 208 ta avtoturargoh joyini o‘z ichiga oluvchi tizim joriy etilmoqda. Mazkur tizimni 8-may kuni ishga tushirish rejalashtirilmoqda, Poytaxt Parking ilovasi orqali nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Hozir ilovamiz оxiriga yetish jarayonida 8—10-mayga qadar bemalol telefonlarda bu ilovani ko‘rish mumkin bo‘ladi, — deydi “Streetpark Systems” kompaniyasi direktori.

Qudratbek Yakubovning bildirishicha, pulli avtoturargohlar to‘g‘ri ishga tushirilishi aynan poytaxt ko‘chalaridagi tirbandlikni 35 foizgacha kamaytiradi.
Shu tizim orqali ish to‘g‘ri olib borilsa, tirbandlikni 30—35 foizga kamaytirish mumkin, — deydi u.
Qo‘shimcha qilinishicha, pulli avtoturargohlar va ularning atrofida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini qayd etuvchi qo‘shimcha kameralar o‘rnatiladi.

Shahar beshta toifaga, beshta bo‘limga bo‘lingan. Shunga qarab narxlar 5—8 ming so‘mdan 10—12 ming so‘mgacha belgilangan. Qanchalik markazga yaqinligidan kelib chiqib, davlat standartlari asosida, hokimiyat tarafidan narxlar belgilangan, — deydi masʼul.

Masʼullar “Daryo” jurnalistining savollariga javob qaytarar ekan, pulli avtoturargohlarda taksi haydovchilari, tez yordam hamda Favqulodda vaziyatlar xizmatidagi maxsus avtomobillarga imtiyoz berilishini, ular belgilangan vaqt davomida bepul to‘xtab turish imkoniyatiga egaligini aytdi.
Izoh (0)