Sobiq FIFA hakami Mateo Lahos Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasidagi “Inter” — “Barselona” o‘rtasidagi o‘yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda Give me Sport nashri xabar berdi.

Bahs davomida “Barselona” futbolchisi Lamin Yamalga qarshi Genrix Mxitaryan tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik dastlab penalti sifatida baholangan edi. Biroq bosh hakam Shimon Marchinyak VAR orqali holatni ko‘rib chiqqach, voqea jarima maydonidan tashqarida sodir bo‘lganini aytib, qarorni o‘zgartirdi.
Mateo Lahos esa bu qaror to‘g‘ri emasligini aytib, shunday dedi:
Bu penalti edi. Qoidabuzarlik tashqarida boshlangan bo‘lsa-da, Yamalga nisbatan qo‘pollik jarima maydonchasi ichida yuz berdi. Hakam nega bu holatni qayta ko‘rib chiqmaganini tushunmayapman, deydi sobiq hakam.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” “Juzeppe Meatsa”dagi javob uchrashuvida 4:3 hisobida zafar quchib, umumiy 7:6 natija bilan g‘alaba qozondi va dastlabki finalchiga aylandi.
Izoh (1)
Bu rostanxam penalti edi sababi qoidabuzarlik kantak tashqarida boshlangan boʻlsada yamal yiqilishiga sababchi boʻlgan asosiy kantak jarima maydoni ichida sodir boʻldi va asosiy xakam xar doimgidek Barselona nisbatan yana etiborsiz boʻlip baxolashni varga topshirib qoʻydi.
Bunday xolatlar va adolatsizliklar Barselonoga nisbatan koʻp boʻldi