Argentina federal sudyasi Daniel Rafekas 1994-yilgi teraktni tergov qilishga to‘sqinlik qilgan mamlakat prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga qarshi ayblovlar qo‘yishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Sudya fikricha, davlat rahbariga qarshi ish qo‘zg‘ash uchun dalillar yetarli emas.
Nashrning eslatishicha, 14-yanvar kuni argentinalik prokuror Alberto Nisman mamlakat prezidentini va tashqi ishlar vaziri Ektor Timermanni 1994-yilda yahudiylar madaniy markazida uyushtirilib, 85 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktni tergov qilishga g‘ov bo‘lishda aybladi. Uning shubhalari prokuror ixtiyorida bo‘lgan telefon suhbatlari qaydlariga asoslandi. 19-yanvar kuni esa Nisman o‘z uyida o‘lik holda topildi.
Izoh (0)