Kommunikatsiyalar bo‘yicha AQSh federal komissiyasi (FCC) “tarmoq betarafligi” tamoyilini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Provayderga u yoki bu trafik yoxud u yoki bu saytga yon bosishni taqiqlovchi hujjatni yoqlab FCC’ning uch a’zosi ovoz berdi, ikki kishi qarshi chiqdi.
Kommunikatsiyalar bo‘yicha federal komissiya qarori internet-provayderlarni “og‘ir kontent”, masalan, YouTube videoservisiga kirish uchun qo‘shimcha to‘lov undirish imkoniyatidan mahrum etadi.
Izoh (0)