McDonald’s restoranlar tarmog‘ini jami qiymati 1 milliard yevroga teng soliqlarni to‘lamaganlikda ayblashdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Ayblovni Yevropa va Amerika kasaba uyushmalari birlashmalari, shuningdek War on Want xayriya tashkiloti ilgari surdi.
Ta’kidlanishicha, McDonald’s kompaniyasi 2009—2013-yillarda uning litsenziyasi bo‘yicha ishlagan restoranlarni royalti (litsenziyali rag‘batlar)ni Lyuksemburgda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘linmalar hisoblariga o‘tkazishga majbur qilgan.
McDonald’s uchun royalti restoran oborotining besh foizini tashkil qiladi. Kasaba uyushmalari hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu mablag‘larni imtiyozli soliq tizimi amal qiladigan Lyuksemburgdagi bo‘linmalar hisoblariga o‘tkazish orqali, McDonald’s jami 1 milliard yevrolik soliqlarni to‘lamagan.
Kasaba uyushmalari birlashmalari Yevrokomissiyadan McDonald’s’ga nisbatan tergov boshlashni so‘ramoqda.
Izoh (0)