Buyuk Britaniya Ukrainaga mamlakat qurolli kuchlarini o‘qitish uchun o‘z harbiy instruktorlarini yuboradi, deya xabar bermoqda Meduza. Instruktorlar Ukraina sharqidagi nizo hududiga kirmaydi.
Ilk ekspertlar Ukrainaga bir hafta ichida jo‘nab ketadi. Ular ukrainalik harbiylarga tibbiy yordam ko‘rsatish, logistika, razvedka va piyodalarni o‘qitish sohalarida ko‘mak berishi kutilmoqda. Dastlab Ukrainaga 30 instruktor yuboriladi, keyinroq ularning soni 75 kishiga yetkaziladi.
Izoh (0)